Mazkur jinoyatlar sohalar böyiça tahlil qilinganda ularning:
- 9 tasi (barçasi 2020 yilda) bank,
- 6 tasi (barçasi 2020 yilda) oliy ta'lim,
- 18 tasi (17 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda) xalq ta'limi,
- 31 tasi (30 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda) soğliqni saqlaş,
- 16 tasi (15 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda ) maktabgaça ta'lim,
- 1 tasi (2020 yilda) advokatlar,
- 4 tasi (2 ta 2020 yilda, 2 ta 2021 yilda) soliq,
- 18 tasi (16 ta 2020 yilda, 2 ta 2021 yilda) içki işlar,
- 6 tasi (barçasi 2020 yilda) MIB,
- 62 tasi (56 ta 2020 yilda, 6 ta 2021 yilda) boşqa korxona va taşkilot xodimlari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Tahlillarga köra, viloyatda budjet mablağlarini talon-toroj qilişning turli korrupsiyaviy sxemalari keng ildiz otgan. Qayd etilişiça, budjet mablağlarining maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan örganiş va tekşirişlarda aniqlangan holatlar böyiça prokuratura organlari tomonidan 93 ta jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergovlarda budjetga jami
8 milliard 688 million söm zarar yetkazilgani aniqlanib, undan 8 milliard 510 million söm qaytarilişi ta'minlangan.
Qöşrabotda SES binosini quriş va ta'mirlaşda talon-torojlik foş etildi
Samarqandda maktab qurilişi uçun davlat tomonidan ajratilgan 631 million söm talon-toroj qilindi
Samarqandda «Milliy bank» xodimi 7,7 mlrd söm va 607 ming dollarni talon-toroj qilgan

















