Senat axborot xizmati xabariga köra, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) Feruza Eşmatova hisobot berdi.

Ta'kidlanişiça, ombudsman va uning joylardagi vakili tomonidan 7ta asosiy soha böyiça işlar qilingan.

Şu bilan birga, vakilning aholi murojaatlari bilan işlaşda ötgan yildagi faoliyatiga nisbatan ijobiy özgarişlarga erişilgan bölsa-da, hisobot davrida 176ta murojaat qonun talablariga muvofiq belgilangan tartibda anonim, deb topilgan. Biroq, mazkur murojaatlarda kötarilgan masalalarni vakil taşabbusi bilan körib çiqiş amaliyoti yölga qöyilmagan.

Şuningdek, qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlari qöllanilişining oldini oliş maqsadida ötkazilgan monitoringlar natijasida tegişli vazirlik va idoralar tomonidan huquqiy tarğibotning samarali taşkil etilmagani oqibatida qamoqda saqlaş joylarida bir qator kamçiliklar hamda öz yeçimini kutayotgan muammolar aniqlandi. Ya'ni:

  • jazoni ijro etiş muassasasi xodimlari “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi Qonundan töliq xabardor emasligi;
  • işlab çiqarişda mehnatga jalb qilingan mahkumlar maxsus kiyim-boş, poyabzal, boşqa şaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan töliq ta'minlanmagani tanqid qilindi.

Bundan taşqari, vakilning mintaqaviy vakillari öz faoliyatini tarğib qiliş işlarini samarali yölga qöymagani ta'kidlandi.

Majlisda senatorlar tomonidan:

  • “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi va “Bolalar Ombudsmani töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihalarini işlab çiqiş;
  • jamoatçilik vakillari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni ötaş muassasalariga “monitoring taşriflari” tizimli yölga qöyiş;
  • murojaatlar bilan işlaşda tahlillarga asoslangan holda fuqarolar huquqlari buzilişi töğrisida axborotni şakllantirişning yagona mezonini işlab çiqiş, şuningdek, anonim murojaatlarni ham e'tiborga oliş;