Vazir axboroti davomida o‘tgan yili O‘zbekistonda sodir etilgan va ochilmay qolgan jinoyatlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«O‘tgan yili O‘zbekistonda 62 mingdan ziyod jinoyat sodir etildi va ularning 4 ming 582tasi fosh etilmay qoldi. Bu, albatta, fuqarolarimizning haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda», – dedi u.

Po‘lat Bobojonovga ko‘ra, qilingan jinoyatlar ichki ishlar tizimida tahlil ham qilib boriladi.

«Shulardan kelib chiqib, qilingan 62 ming 81ta jinoyatdan 41 ming 87tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 20 ming 994tasi oldi olinadigan jinoyatlardir.

Shuningdek, 2020 yilda O‘zbekistonda 49 ming 246 kishi turli darajadagi jinoyatlarni sodir etgan», – dedi Ichki ishlar vaziri.