Norma’ning yozişiça, nizom bilan korrupsiyaviy omillarni aniqlaş – davlat organlari va taşkilotlar tomonidan çek-list töldirilişi yuzasidan yangi tartib joriy qilinadi. Çek-list – normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlaş böyiça namunaviy şakldagi savolnoma.
Korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkazilayotganda normativ-huquqiy hujjat yoki loyihaning har bir normasi yoxud qoidasi tahlili amalga oşiriladi, korrupsiyaviy omillar mavjudligi yoki mavjud emasligi çek-listda aks ettiriladi.
Quyidagilar korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkazişning asosiy tamoyillari hisoblanadi: qonuniylik, töliq qamrab olinganlik, oçiqlik va şaffoflik, xolislik, mustaqillik, asoslanganlik.
Korrupsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlar ustuvorligida korrupsiyaviy omillar aniqlangan taqdirda, majburiy ravişda ularni bartaraf etişga qaratilgan tavsiyalar işlab çiqiladi va çoralar köriladi.
Nizom bilan quyidagilar belgilangan:
- korrupsiyaviy omillar;
- loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş tartibi;
- korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkazuvçi adliya organi xodimi huquq va majburiyatlari.
Normativ-huquqiy loyihalarni işlab çiquvçilar uçun qulaylik yaratiş maqsadida korrupsiyaviy omillar böyiça aniq misollar keltirilgan. Uşbu omillar töliq körib çiqilgan, ular mazmuni qisqa, aniq va batafsil misollar keltirilgan metodika asosida tuşuntirib beriladi.
Xususan, qonun hujjatlarida asoslanmagan istisno holatlari qöllanilişi taqiqlanadi, qöllaniladigan norma yagona va barça uçun umumiy bölişi lozimligi belgilangan.
Şu bilan birga, endilikda korrupsiyaga qarşi ekspertizani ötkaziş jarayoniga mustaqil ekspertlar va tor doira yönalişlaridagi mutaxassislar jalb qilinişi mumkin.
Şuningdek fuqarolar regulation.gov.uz portalida çek-listni töldiriş orqali qonun hujjatlari loyihalari böyiça öz fikrlarini bildirişlari mumkin.
2020 yilda Transparency International taşkiloti tomonidan tuzilgan reytingga muvofiq 183ta mamlakat orasida korrupsiya darajasi böyiça Özbekiston 26 ball bilan 146-örinni egallagan.

















