Toshkent shahrida jamoat transportida karantin qoidalari kuchaytiriladi

Toshkent shahrida yo‘lovchilardan jamoat transportidan foydalanganda talab qilinadigan karantin qoidalari nazorati kuchaytirildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida COVID-19 virusi hamda turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan doimiy ravishda kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazib boriladi.
Jumladan:
- haydovchilarning tana haroratlari doimiy nazoratga olinadi;
- jamoat transportida dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytiriladi;
- tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar jamoat transportlariga chiqarilmaydi.
«Yo‘lovchilardan jamoat transportidan foydalanganda belgilangan karantin talablari va sanitariya me'yorlariga qat'iy amal qilishlari talab etiladi», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana orta boshlashi sababli 15 mart kuni Toshkent shahar hokimi o‘tkazgan maxsus yig‘ilishda poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat'iy nazoratga olinishi ma'lum qilingan edi.
Toshkent shahrida kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi bir hafta ichida sezilarli oshdi. Xususan, 9 mart kuni poytaxtda 11ta yangi holat aniqlangan bo‘lsa, 10 mart kuni birdaniga 71ta, 12 mart kuni 70ta va 13 mart kuni 77ta yangi holat qayd etilgan.
14 mart kuni esa poytaxtda yangi holatlar 93taga yetdi, O‘zbekiston bo‘yicha esa 111ta yangi holat qayd etildi - bu mamlakatda 2020 yil dekabridan buyon eng yuqori kunlik o‘sish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIVning raqamli transformatsiyasi boshlandi
O‘zbekiston | 13:06
-
Rossiya muzokaralar kunida Ukrainaga dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 12:34
-
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
Jahon | 12:16
-
Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

20:40 / 29.04.2025