Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘llar ochilishi haqidagi xabardan so‘ng Singapur va Avstraliya aviakompaniyalarining aksiyalari narxi qimmatladi
Singapur hukumati Avstraliya bilan aviaqatnovlarni tiklash haqida bayonot berganidan keyin Singapore Airlines aviakompaniyasi aksiyalari narxi 5,28 foizga oshgan. Aviakompaniyaga tegishli SATS keytering kompaniyasi aksiyalari narxi 3,43 foiz, SIA Engineering kompaniyasi aksiyalari 5,12 foizga qimmatlagan.
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi aksiyalari 3,4 foizga ko‘tarilgan.
Samolyotda sayohat qilishga ruxsat berilishi Singapur va Avstraliya aholisiga ikki davlat orasida karantin majburiyatisiz safar qilish imkonini bergan bo‘lardi. Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar global miqyosda yopilgani bois halqaro aviaqatnovlar haligacha nisbatan cheklangan holda qolmoqda.
Singapur ham, Avstraliya ham vaksinatsiya dasturlari yo‘lga qo‘yilgach, koronavirus infeksiyasini nisbatan nazorat ostiga olgan.
«Singapur Avstraliya bilan vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish va asosan talabalar va biznes sayyohlar uchun safarlarni tiklash borasida muzokaralar olib bormoqda. Biz, shuningdek, Singapur va Avstraliya fuqarolari uchun karantinsiz safar qilishga izn berish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqdamiz», deyiladi Singapur tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Avstraliya bosh vaziri o‘rinbosari Maykl MakKormak mahalliy OAVga bergan bayonotida rasmiy Kanberra Singapur bilan aviaqatnovlar tiklanishi iyulda sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan. U, shuningdek, muzokaralar dastlabki bosqichda ekanini ham qistirib o‘tgan.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025