“Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, hujjat loyihasi davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş işlarini yanada takomillaştiriş, maktabgaça ta'lim taşkilotlarida autsorsing usulida soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş böyiça ötkaziladigan tanlovlarni oşkoralik, mablağlar iqtisodiy samarali sarflanişi tamoyillari asosida ötkaziş maqsadida işlab çiqildi.
Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilarni ovqatlantirişni taşkil etiş masalalarida muammolar yeçimini topiş, tizimda tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantiriş darajasini kötariş maqsadida Maktabgaça ta'lim vazirligi xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, maktabgaça ta'lim taşkilotlarida ovqatlantirişni taşkil etişning zamonaviy moliyaviy tizimi yaratişni taklif etmoqda.
Mazkur taklif etilayotgan tizim qöyidagilarni ta'minlaydi:
- mahsulotlar sifati va xavfsizligi nazoratini tartibga soliş;
- xarid qiliş narxlarini barqarorlaştiriş, xomaşyolar qabul qiliş jarayonini sifatli nazoratga oliş;
- ovqatlantirişni taşkil etiş jarayoniga yuqori malakali mutaxassislar (injyener-texnolog, şifokor-diyetolog, işlab çiqariş nazorati böyiça mutaxassislar)ni jalb etiş;
- işlab çiqarişni taşkil etişdagi kirib kelayotgan va iste'molga çiqarilayotgan xomaşyo va tayyor mahsulotlarning laboratoriya usullaridan foydalangan holda tölaqonli nazoratini olib boriş;
- bolalar ratsionidan kelib çiqqan holda, tanlab olişga imkoniyat beradigan keng assortimentda tayyor mahsulotlar işlab çiqariş;
- işlab çiqariş va tayyor mahsulotlarni iste'molçiga yetkazib beriş jarayoni barça bosqiçlaridagi yöqotişlarni pasaytirişga (yuqori darajada texnologik jihozlarni qöllaş, işlab çiqariş hisobini yuritiş va nazorat qilişning yangi zamonaviy tizimini joriy etiş bilan) erişiş;
- tayyor mahsulotlarning tannarxi pasayişi, işlab çiqariş jarayonidagi sarf-xarajatlarning (elektr energiyasi sarfi, tayyor mahsulot hisobida amortizatsiya qismi, işçi xodimlar soni) qisqarişi.
Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qarori ayrim bandlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

















