Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon» «Bobur arena»dagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, Doniyor Ismoilov super gol urdi. Turning eng ko‘p muxlis yig‘gan o‘yinidan fotoreportaj
Superligada ikkinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Bu turda yana bir jamoa mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Andijon» yangi nom olgan stadioni «Bobur arena»dagi ilk uchrashuvda «Surxon»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘tgan mavsumni «Turon»da o‘tkazgan Doniyor Ismoilov jarima zarbasidan super gol urdi. To‘g‘risi, O‘zbekiston chempionatlarida bunaqa gollar har kuni ham urilavermaydi.

O‘z vaqtida O‘zbekiston yoshlar jamoasida ishlagan Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi «Andijon» mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘lgani uchun bosh hakam Vadim Agishev 6 futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Shu kuni stadionga 13 800 muxlis tashrif buyurdi. Andijonda jamoa yaxshi o‘ynab tursa, muxlislar stadionni to‘ldirishi muammo bo‘lmasligi isbotlangan holat. Shu kuni Andijonda Superliga joriy mavsumidagi muxlislar tashrifi bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi natija qayd etildi. Birinchi turdagi «Navbahor»ning Namanganda o‘tgan «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinini 18 mingga yaqin muxlis stadiondan kuzatgandi.
Tribuna.uz muxbirlari o‘yinni stadiondan kuzatishdi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotoreportajni e'tiboringizga havola qilamiz.













Elmurod Ermatov va Jahongir Mahmudov olgan suratlar.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026