Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Birorta yangi qaror qabul qilingani yo‘q. Niqob, qo‘l yuvish, ijtimoiy masofani unutib qo‘ydik» - vazir o‘rinbosari
Bugun, 17 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “COVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, anjumanda sog‘liqni saqlash tizimi vakillariga karantin qoidalarining kuchaytirilishi haqida savol berildi.
O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov karantin qoidalari sabablariga to‘xtalib o‘tdi:
“Karantin qoidalari kuchaytirilyaptimi, deb emas, biz karantin qoidalariga rioya qilyapmizmi, deb o‘zimizga savol berishimiz kerak. Birorta yangi qaror qabul qilingani yo‘q. Shunchaki amaldagi talablar qayta eslatilyapti. Niqob, qo‘l yuvish, ijtimoiy masofani unutib qo‘ydik. Maktablar yopilishi epidemiologik nuqtayi nazardan eng odil yo‘l bo‘ldi”, – dedi Anvar Alimov.
Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov karantin kuchaytirilishi va vaksinani sotish bilan bog‘liq jarayon o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi haqidagi savolga javob qaytarib, bunday gaplarda mantiq yo‘qligini aytgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026