16 mart kuni Özbekiston Oliy sudida bölib ötgan matbuot anjumanida mahkama matbuot kotibi Aziz Obidov jamoatçilik diqqat markazida turgan sud jarayonlarining yoritilişiga töxtaldi.

Obidov bloger Otabek Sattoriy işi va Toşkent viloyati sobiq boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva işini yoritişda jurnalistlarni xolislikka çaqirdi.

«Bu işlar sudda oçiq-oydin körilyapti. Lekin, nima bölganda ham, ayrim blogerlar va boşqa OAV vakillari internet tarmoğida uşbu jarayonlarni yoritişda, yumşoq qilib aytganda, xatolarga yöl qöyyapti. Men bularni [sud jarayonlarini] xolis va töğri yoritişga da'vat qilardim. Şuningdek, sud jarayoni yakunini, sudning hukmini kutişga çaqiraman», – dedi u.

Oliy sud matbuot kotibi Sardoba suv omboridagi texnogen ofatga oid jinoyat işi yopiq sudda körilayotgani haqida ham töxtaldi.

«Yaqinda rasmiy OAVda – internet naşrida işlaydigan bir jurnalist menga telefon qilib sörayapti: «Aziz aka, [Sardoba işi böyiça] yopiq sud bölyapti. Şuning tafsilotlarini bir aytib bersangiz, nima bölayotgan ekan?»

Men aytdim, biz sud boşlanişidan oldin iş yopiq sudda köriladi deb e'lon berganmiz. Turli xil gap-söz, talqinlar bölmasligi uçun. Yopiq sud tugagandan keyin lozim bölgan axborot Oliy sud tomonidan e'lon qilinadi», – deya Aziz Obidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Aziz Obidov

Eslatib ötamiz, «Sardoba işi» Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atida körilyapti. Oliy sud bu haqda bundan 3 oy oldin xabar bergandi. 21 dekabrda boşlangan sud haqida mahkama jamoatçilikni 25 dekabrda xabardor qilgan.