Samarqand şahrida yaşovçi, qotillik uçun avval ham Rossiyada sudlangan şaxs yana odam ölimiga sabab böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yilning 13 mart kuni soat 22:30 larda 46 yoşli Baxtiyor R. Samarqand şahri Sattepo mavzesi «Hofiz Şeroziy» mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan yaşaş xonadonida mast holatda ötirganida, oldiga tanişi 48 yoşli Alijon M. mast holatda kelib, u bilan spirtli içimlik iste'mol qilişni taklif qilgan. Baxtiyor R. uning taklifini rad etgan.

Oqibatda ular özaro janjallaşib qolişgan va Baxtiyor R. qölidagi oşxona piçoği bilan Alijon M.ning kökrak qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan. Şundan söng Baxtiyor R. jarohatlangan Alijon M.ni şifoxonaga olib boriş maqsadida yaqin oradagi dökon işçisidan yordam söragan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, Alijon M. şifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida ma'lum bölişiça, Baxtiyor R. muqaddam Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik jinoyati) bilan sudlangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Baxtiyor R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.