Toşkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş, fuqarolar salomatligini muhofaza qiliş va xavfsizligini ta'minlaş maqsadida viloyat mas'ullari iştirokida kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi.

Tadbirda asosan aholi gavjum böladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlaş, himoya niqobini taqiş va antiseptik vositalardan foydalaniş holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari ötkazilişi belgilandi.

«Hurmatli Toşkent viloyati aholisi va mehmonlari! Mavjud vaziyatdan kelib çiqib, özingiz va özgalar soğliğini asraş, viloyat hududida kasallik tarqalişining oldini oliş uçun, belgilangan karantin qoidalariga qat'iy amal qilişingizni söraymiz», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Toşkent şahrida karantin çoralari kuçaytirilişi, xususan, taksi va qurilişlarda karantin çoralari kuçaytirilişi, poytaxt hokimligi va uning tizimidagi barça tuzilmalarda turli yiğilişlarni ötkaziş taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Şuningdek, 1 apreldan boşlab Toşkent şahrida ommaviy tadbirlar vaqtinça töxtalişi mumkinligi xabar qilingan.

Özbekistonda sönggi kunlarda epidemiologik vaziyat murakkablaşa boşladi. Yanvar-fevral oylaridagi pasayişdan söng mart oyining ikkinçi ön kunligida koronavirusdan kasallaniş holatlari ösa boşladi. SSV matbuot xizmati xabariga köra, 16 mart kuni Özbekiston böylab 115ta yangi holat qayd etilgan. Şundan 92 holat Toşkent şahrida, 18 holat Toşkent viloyatida aniqlangan.