Qaşqadaryo viloyat yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi jurnalist va blogerlar uçun brifing taşkil etdi. Unda boşqarma boşliği örinbosari Şerali Mingliyev viloyat hududida sodir etilgan yöl-transport hodisalari keskin oşib ketayotganligi sabablari haqida ma'lumot berdi.

Jumladan, 2021 yilning ötgan 2 oyi davomida viloyat hududda yöl-transport hodisalari soni 60 tadan 58 taga yoki 3,3 foizga, unda jarohat olganlar soni 52 nafardan 46 nafarga yoki 11,5 foizga kamaygan bölsa-da, halok bölganlar soni 26 nafarga yetgan.

Bundan taşqari, sodir etilgan 58 ta yöl-transport hodisalari turlari böyiça tahlil qilinganda:

Töqnaşuvlar 11 ta, ağdariliş 6 ta, tösiqqa uriliş 8 ta, piyodani urib yuboriş 27 ta, velosipedçini urib yuboriş 6 tani taşkil qilgan.