Kun.uz sayti jurnalistlari fuqarolarni qiynayotgan muammolarni örganib, ularni jamoatçilik e'tiboriga havola qilib kelmoqda.

Ayni vaqtda Rossiyadagi «Pik Industriya», «Texnostroy» kabi quriliş taşkilotlari orqali Rossiyaga işlaşga borgan vatandoşlar duç kelgan muammolar tahririyat tomonidan örganilmoqda.

Örganişlar çoğida, mehnat migrantlariga aviaçiptalar 4,5 mln sömdan sotilgani, çiptalarni Samarqand şahri, Gagarin köçasi, 47-uyda joylaşgan, «Pik Industriya», «Texnostroy» kabi taşkilotlarning şartnoma asosida Özbekistondagi işonçli vakili hisoblangan «Panorama bolalar uyi» MÇJ sotgani haqida ma'lumotlar töplangan.

Şu bois, Kun.uz'ning uşbu şahardagi hududiy ofisi xodimi Anvar Mustafoqulov şu yil 19 mart kuni mavjud ma'lumotlarga aniqlik kiritiş maqsadida ayrim savollar bilan firma idorasiga borgan.

Ammo, muxbir u yerda firmaning mas'ul xodimlari bölişi mumkinligi ehtimol tutilayotgan şaxslarning tahdidiga uçragan.

Muxbirning aytişiça, dastlab, undan telefonni öçirib turişni, vaziyat böyiça gaplaşib olişlarini bildirişgan, söngra turli haqoratli sözlar bilan haqoratlab, öldiriş bilan tahdid qilişgan va kuç işlatişga urinişlar bölgan. Vaziyat jiddiyligi oydinlaşgaç, muxbir u yerdan qoçib çiqişga muvaffaq bölgan.

Kun.uz tahririyati öz xizmat vazifasini bajarayotgan jurnalistga tahdid qilib, uning faoliyat yuritişiga qarşilik qilinişi bilan kelişib bölinmasligini ta'kidlagan holda Samarqand viloyati IIBdan uşbu holatni örganib, aybdor kimsalarga qonuniy çora körilişini sörab qoladi.

Qöşimça sifatida, «Panorama bolalar uyi» MÇJ faoliyatiga oid tahririyatni qiziqtirayotgan savollarni keltirib ötamiz:

1. «Panorama bolalar uyi» MÇJ qanday asosga köra Rossiya Federatsiyasidagi korxonalarning Özbekistondagi vakili hisoblanadi?

2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Rossiyaga işga yuborilgan mehnat migrantlariga aviaçiptalar nima asosda aynan uşbu firma orqali sotilgan?