20 mart kuni Turkiyada mamlakatning ayollarni zöravonlikdan himoyalaş haqidagi Istanbul konvensiyasidan çiqiş qaroriga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi. Minglab odamlar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni uşbu qarorini bekor qilişga çaqirişgan.

Istanbulda namoyişçilar öldirilgan ayollar suratlari va transparantlar bilan köçaga çiqib, “Biz qörqmaymiz. Biz böysunmaymiz” deb hayqirişgan. OAV ma'lumotlariga köra, şunga öxşaş aksiyalar poytaxt Anqarada va Izmirda bölib ötgan. 

Yevropa kengaşining Istanbulda imzolangan konvensiyasi oilada ayollarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş va unga qarşi kuraşişga qaratilgan. Biroq turk konservatorlari bu konvensiya oilaviy qadriyatlarga putur yetkazadi, deb hisoblamoqdalar. Ular, şuningdek, erkaklar va ayollar örtasidagi tenghuquqlik tamoyiliga qarşi çiqadilar.

Anqaraning konvensiyadan çiqişiga qarşilar Yevropa ittifoqiga kirişga a'zo hisoblangan Turkiya uşbu xatti-harakati bilan Yevropa qadriyatlaridan yanada uzoqlaşişini aytişmoqda. 

Öz navbatida, Yevropa ittifoqi Turkiyaning hujjatdan çiqişini tuşunmayotgani va bundan afsusdaligini aytgan. 

“Biz Turkiyaning hattoki Istanbul nomini olgan bu hujjatdan çiqişidan afsusdamiz va bu qarorni tuşunmayapmiz”, deb aytgan Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

Uning ta'kidlaşiça, pandemiya vaqtida butun dunyoda ayollar va qizlarga nisbatan zöravonlik yangi darajaga çiqdi va şu sababli unga qarşi global sa'y-harakatlarni faollaştiriş lozim.

“Biz Turkiyani öz qarorini bekor qilişga çaqiramiz. Umid qilamizki, u yana uşbu konvensiyaga qöşiladi”, deb ta'kidlab ötgan Borrel.

Hozirda konvensiyani 47 mamlakatdan 18tasi ratifikatsiya qilgan. 2011 yilda imzolangan konvensiyada zöravonlikning oldini oliş böyiça minimal standartlar bayon etilgan.