2021 yilning 17 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YeXHT DIIHB o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri YeXHT va uning tuzilmalari bilan inson huquqlari, demokratik institutlarni mustahkamlash va himoya qilish, saylov jarayonlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish hisoblanadi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.











