Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, fevral oyida aholining avtomobillarga bölgan talabi yanvardagiga nisbatan 3 foizga oşgani kuzatilgan. Bu haqda markaz boş ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Avtomaşina oldi-sotdisi böyiça joriy yil fevralidagi körsatkiç 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga kamni taşkil etgan.

Mazkur pasayiş «Asaka» avtomobil zavodida 2021 yil yanvar-fevral oylarida barça zaruriy modernizatsiya işlarini amalga oşiriş uçun işlab çiqariş vaqtinça töxtatilgani bilan izohlanadi.

Qayd etilişiça, hududlar kesimida eng yuqori ösiş sur'atlari Andijon (37 foiz), Buxoro (18,4 foiz) va Qaşqadaryo (18 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. 

«Odatda, respublika böyiça birlamçi va ikkilamçi bozorlarda avtomobil savdosining oylik ösişi örtaça 2-3 foizni taşkil etadi. 2020 yilning mart oyi örtalaridan qat'iy karantin tadbirlarini joriy etilişi natijasida mart oyida röyxatga olingan va qayta röyxatga olingan avtomobillar soni 2019 yilning şu davriga nisbatan 17,3 foizga (ötgan fevral oyiga nisbatan 34,6 foizga), aprel oyida esa 73,8 foizga (63,1 foizga) kamaygan edi», deya ma'lum qilgan markaz vakili.

Tahlilda 2020 yilning may oyidan boşlab avtomobil bozoridagi vaziyat yana tiklana boşlagani, iyun oyidagi savdo 2019 yil mos davriga qaraganda 14,8 foizga köpaygani keltirilgan. Avgustda esa uşbu körsatkiç 3,8 foizni (ötgan oyga nisbatan 54,3 foizni) taşkil etgan. 

Avtomobil bozorida talab sentyabr-oktyabr oylarida ham ösişda davom etgan bölib, savdo hajmi 2019 yil mos davri bilan taqqoslaganda sentyabr oyida 29,5 foizga, oktyabrda 19,2 foizga, noyabrda 9 foizga va dekabrda 10 foizga ösgan.

  • Avvalroq, 2021 yilning yanvar oyida UzAuto Motors'ning avtomobil işlab çiqarişi 4 barobarga qisqargani xabar qilingandi. Xususan, kompaniya tomonidan joriy yilning yanvarida 5 ming 235 ta avtomobil işlab çiqarilgan bölib, bu bir yil oldingi körsatkiçdan 4,2 barobarga kamdir.
  • Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy şaxslarga tegişli jami yengil avtomobillar soni 2 million 767 ming 126 tani taşkil etmoqda.