“Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonunning maqsadi mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş va boşqa turdagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilişiga imkon yaratuvçi normalarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini baholaş orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar oldini oliş hisoblanadi.
Quyidagilar korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkazişning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
- normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalari korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş, ekspertiza natijalari işlab çiquvçilar tomonidan körib çiqilişi majburiyligi;
- normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihasini boşqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan birgalikda baholaş;
- korrupsiyaga qarşi ekspertiza ilmiy asoslangani, xolisligi va keng qamrovliligi hamda natijalari tekşirilişi;
- korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkaziş paytida ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa davlat organlari, mahalliy özini özi boşqariş organlari, ular mansabdor şaxslari, taşkilotlar va muassasalar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilinişi;
- oçiqlik va şaffoflik — korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkaziş jarayonlarida jamoatçilik iştiroki ta'minlanişi;
- xolislik — korrupsiyaga qarşi ekspertiza xolis va beğaraz, qat'iy qonuniy, nazariy va amaliy asosda, tegişli mutaxassislik doirasida, har taraflama va töliq hajmda ötkazilişi;
- mustaqillik — korrupsiyaga qarşi ekspertiza mustaqil şaxs tomonidan ötkazilişi, manfaatdor şaxslar foydasiga xulosa oliş maqsadida korrupsiyaga qarşi ekspertizani ötkazuvçi şaxsga ta'sir ötkazişga yöl qöyilmasligi.
Quyidagi holatlarda korrupsiyaga qarşi ekcpertiza ötkazilişi majburiy hisoblanadi:
- Adliya organlari hamda davlat organlari yuridik xizmatlari tomonidan – normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini işlab çiqişda va vakolatli organga taqdim etişda;
- Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan – korrupsiya xavfi nisbatan yuqori bölgan sohalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni umumlaştiriş natijalariga asosan.
Adliya organlari quyidagilarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazadi:

















