UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Equinox va Tracker modellariga şartnomalar tuziş boşlanganini ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, yangilangan Chevrolet Tracker LT va RedLine komplektatsiyasi klimat-kontrol, haydovçi örindiğida elektron boşqaruv va sun'iy teri bilan qoplangan örindiqlari bilan avvalgi modellardan farqlanadi.

Chevrolet Tracker (2021 yil modeli)ning narxlari quyidagiça belgilangan (narxlar QQS bilan körsatilgan):

  • boşlanğiç komplektatsiya – 166 899 500 söm;
  • LT komplektatsiya – 232 001 000 söm;
  • RedLine komplektatsiya – 240 000 400 söm.

Yangilangan Chevrolet Equinox RS komplektatsiyasi töliq svetodiod optika, moslaşuvçan kruiz-kontrol, orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantiriş kabi funksiyalarga ega.

Chevrolet Equinox (2021 yil modeli) narxlari, QQS bilan:

  • boşlanğiç komplektatsiya – 299 000 000 söm;
  • RS komplektatsiyasi – 414 000 000 söm.