Bözatov tumanida joylaşgan «Qusxanatao‘» toğida zarduştiylik diniga boğliq qabrlar mavjud.
Jurnalist Yesimxan Qanatovning ma'lum qilişiça, bu ossuariylar toğning ustida joylaşgan bölib, oldin qumning tagida bölgan bölsa ham yomğir va qor, şuningdek, şamol sababli qumlar oçilib, köriniş darajasiga kelgan. Kelajakda tuman hududidan tarixiy muzey taşkillaştiriş va topilgan tarixiy buyumlarni şu muzeyga qöyiş rejalaştirilmoqda.
«Bu obekt davlat himoyasiga olinmagan. Bugungi kunda obektni himoya qiliş böyiça tuman hokimligi tomonidan işlar olib borilmoqda», — deydi Qoraqalpoğiston madaniy meros boşqarmasi boşliği Quanişbek Şaripov.
Eslatib ötamiz, ossuariylar topilganligi haqidagi ma'lumotlar tuman hokimligi tomonidan 2020 yil aprel oyida e'lon qilingan edi.
















