Şimoliy Koreya 25 mart kuni Yapon dengizi tomon noma'lum snaryad uçirdi. Bu haqda Janubiy Koreya ştablari boşliqlari qömitasi ma'lum qildi. 

Janublik harbiylar Şimol aynan qanday snaryadlar uçirgani va ularning soni borasida aniqlik kiritmagan.

Bu orada Yaponiya Şimoliy Koreya 2ta ballistik raketa uçirganini taxmin qilmoqda. Hududdagi kemalar ogoh bölişga çaqirilgan.

NHK telekanalining harbiy manbaga tayanib xabar berişiça, snaryadlar mahalliy vaqt bilan soat 7:06da uçirilgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, raketalarning maksimal uçiş balandligi 100 kmdan oşmagan, uzoqligi 450 kmga yaqinni taşkil qilgan. Raketalar heç qanday xavf solmagan.       

Yaponiya sinovlar yuzasidan Şimoliy Koreyaga e'tiroz bildirgan. Öz navbatida Janubiy Koreya Pxenyanning yangi sinovlari bilan boğliq holda Milliy xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişini ötkazmoqda. 

Şimoliy Koreya bir hafta içida ikkinçi marta raketa sinovlarini ötkazmoqda. 24 mart kuni Pxenyan dam oliş kunlari 2ta qanotli raketa uçirgani ma'lum qilingandi. 

Ballistik raketalardan farqli, qanotli raketalar BMT Xavfsizlik kengaşining sanksiyalari ostiga tuşmaydi. Şimoliy Koreya 2017 yildan beri yadro va uzoq masofalarga möljallangan raketalar sinovlarini köngilli tarzda amalga oşirmay kelmoqda. 

Bu orada tahlilçilar 21 mart kunidagi raketalar uçirilişini Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning AQŞ prezidenti Jo Baydenga ilk oçiqça çaqiriği deb baholaşgan. 

Martning birinçi yarmida Koreya yarimorolida AQŞ va Janubiy Koreyaning qöşma harbiy maşğulotlari bölib ötgandi. Pxenyan uşbu maşğulotlarni tanqid ostiga olib, Seul bilan tinçlik sulhini bekor qiliş bilan tahdid qilgan.