Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, 24 mart kuni keçki payt soat 23:15larda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bölimiga Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi 37 yoşli fuqaro U.N. onasi hamrohligida tekşiruvga olib kelinadi. 

Bemorning onasi toksikolog xonasida öz xizmat faoliyatini ötayotgan navbatçi şifokor N.Taşpölatovaga öğli bir neça kundan beri spirtli içimlik içayotganini bildirgan. 

Navbatçi şifokor öşa vaqtda boşqa bemorni tibbiy körikdan ötkazayotgani va bundan söng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam körsatişga tayyorligini bildirgan. 

Şunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratli va tuhmat sözlar bilan e'tiroz bildirişni boşlagan. Bemor U.N. esa tösatdan şifokor N.Toşpölatovaga oğir tan jarohati yetkazgan. 

«Şifokor N.Toşpölatovada boş miya şişi asorati kuzatilib, «Qöşma kraniofatsial jarohat. Oğir darajadagi boş miya yopiq jarohati. Boş miya oğir darajada lat yeyişi. Subaraxnoidal qon quyulişi. Burun suyaklari va burun tösiği sinib siljişi. Ensa va burun sohalari yumşoq töqimalarining lat yeyişi. Nazogemorreya» taşxisi bilan neyroreanimatsiya bölimiga yotqizildi. Ayni paytda u kuçli karaxtlik darajasida bölib, oğir ahvolda davolanmoqda. Bemor atrofdagilarga sekin reaksiya berib, muloqotga kirişişga qiynalmoqda», — deydi uşbu markaz direktori Doniyor Alimov.

SSV xabarida qöşimça qilinişiça, xizmat vazifasi vaqtida bemor tomonidan kaltaklangan şifokor Toşpölatova 2017 yildan buyon şifokor-toksikolog lavozimida işlab kelmoqda, öz xizmat vazifasini klinik protokollarga rioya qilib, talab darajasida bajarib kelgan.   

«Oxirgi paytlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qiliş, şifokorlarning soğliğiga oğir ziyon yetkaziş, tahqirlaş holatlari uçrayotgani barçamizni taşvişga solmoqda. Pandemiya avj nuqtaga kirgan eng oğir davrlarda ham, hozir ham şifokorlarning xalqimiz salomatligi yölida fidoyilik bilan qilgan mehnatlariga barça guvoh bölib turibdi. Şifokor heç qaçon, heç kimga yomonlikni ravo körmaydi, aksinça, huzuriga şifo istab kelgan har bir bemorga bor kuç-salohiyati, bilimini işga solib beğaraz kömak beradi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi huquq-tartibot organlaridan jamiyatimizda köpçilikni öylantirayotgan bunday illatlarga qarşi kuraşning ta'sirçan va samarali usullarini joriy etib, şifokorlarning haq-huquqlarini qat'iy himoya qilişlarini talab qiladi», deyiladi vazirlik xabarida.