24 mart kuni Urganç şahrida ötkazilgan uçraşuvda turkiyalik mehmonlarga aeroport xavfsizligi, uçiş-qöniş va buriliş yölaklari, qaysi turdagi havo kemalariga xizmat körsatilişi haqida batafsil ma'lumot berildi.
Aeroport direktori Xudoybergan Kuryazov turizm sohasi vakillari va mamlakatga keladigan sayyohlar salomatligini muhofaza qiliş, havo kemalari va yölovçilarga sifatli xizmat körsatiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani, şuningdek, havo kemalari va yölovçilariga sifatli xizmat körsatişga tayyor ekani haqida bayonot berdi.
Tomonlar tez orada hamkorlik şartnomasini imzolaş haqida kelişib oldi.
Eslatib ötamiz, 28 martdan boşlab «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi Urganç – Istanbul – Urganç yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöymoqda.
«Turkish Airlines» dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bölib, 120dan ortiq mamlakatga parvozlarni amalga oşiradi.

















