To‘rtko‘l tumanidagi MChJlardan birining rahbari bo‘lgan N.X. fuqaro X.ga tuman hududidan bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha 10 gektar yer maydoni olib bermoqchi bo‘ldi. U «xizmati» uchun 30 mln so‘m so‘ragan.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, firibgar ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida ushlandi.
Bosh prokuratura departamentining xabar berishicha, holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.














