O‘zbekiston | 13:32 / 27.03.2021
1406
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda qarzdor ota farzandlari ta'minoti uchun 51,5 million so‘m to‘ladi

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida alimentdan qarzdor bo‘lgan ota farzandlarining ta'minoti uchun 51,5 million so‘m to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining qarori bilan fuqaro K.E.dan undiruvchi N.M. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta'minoti uchun aliment puli undirish belgilangan. Ammo fuqaro K.E. ancha vaqtdan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.

Mazkur qaror bo‘yicha MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Byuro xodimlari tomonidan qarzdor ota bilan atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilgach, u farzandlari ta'minoti uchun ular voyaga yetguncha bo‘lgan muddatga 51 million 574 ming so‘m aliment pulini to‘lab bergan.

Ma'lum qilinishicha, qarzdor ota 51 million 574 ming so‘m mablag‘ni to‘lab berganidan so‘ng mazkur sud hujjati undiruvchining arizasiga asosan qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid