«Şu yilning 26 mart kuni soat 23:43da poytaxtimizdagi «103» dispetçerlik xizmatiga Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi 19 yoşli fuqaro A.dan çaqiriq kelib tuşadi. 

Körsatilgan manzilga tez tibbiy yordam brigadasi (şifokor – 1995 yilda tuğilgan Bahromjon Hazratov) 7 daqiqa içida zudlik bilan yetib boradi. Bemor körikdan ötkazilayotgan vaqtda tösatdan şifokor B.Hazratovga sababsiz taşlanib, uning boşiga qattiq jism bilan urib, oğir tan jarohati yetkazadi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Şifokorning olgan jarohatidan kuçli qon ketayotgani sababli voqea joyidan tez tibbiy yordam avtomaşinasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazining köp tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Keyinçalik esa bemorning ahvoli yaxşi emasligi va jarohati öta oğirligi inobatga olinib, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga ötkazilgan.

«26 yoşli tez tibbiy yordam şifokori B.Hazratov ayni paytda markazimizning neyroreanimatsiya bölimida oğir ahvolda intensiv davo muolajalarini olmoqda. U hozir oğir ahvolda, bemorga boş miya yopiq jarohati, boş miyaning örta darajadagi lat yeyişi, boş tepa va ensa sohalaridagi yirtilgan jarohat taşxisi qöyilgan», deydi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori Davron Tölaganov. 

Dastavval, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazining köp tarmoqli klinikasiga olib borilgan B.Hazratovning boşidan kuçli qon ketayotgani sababli qon töxtatiş uçun boşning tepa va ensa sohalaridagi jarohatga 4ta çok qöyilgan.

«Keyingi paytlarda şifokorlarga nisbatan aholi vakillarining tez-tez qöpol munosabatda bölayotgani, hatto, jiddiy tan jarohati yetkaziş darajasidagi ğayriqonuniy xatti-harakatlarni amalga oşirayotgani bor gap. Bu, albatta, barçamizni birdek ranjitadi.

Ayniqsa, yarim tun bölişiga qaramasdan öz xizmat vazifasini sidqidildan, fidoyillik bilan bajarayotgan tez tibbiy yordam şifokorlariga nisbatan bunday munosabat körsatilişining köpayayotgani kişi könglini xira qiladi.

Ma'lumot uçun, Toşkent şahri tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan şu yilning yanvar oyida 82 ming 462ta, fevral oyida 80 ming 290ta va 1 martdan to 27 martgaça 80 ming 531ta çaqiriqlarga öz vaqtida zudlik bilan tibbiy yordam körsatilgan. Ötgan yil uşbu tizimga mamlakatimiz böyiça 11 yarim milliondan oşiq murojaatlar kelib tuşgan.