Qönğirot–Nukus–Xiva yönalişida 4 aprel, yakşanbadan boşlab, haftaning har yakşanba kunlari yölovçi poyezdlarining qatnovi yölga qöyiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, qatnov dam oliş kunlarida fuqarolarning sayohatga çiqişi uçun yanada köproq qulaylik yaratiş maqsadida yölga qöyilgan. Qatnovni amalga oşiriş uçun 2 ta — 604, 603-sonli şaharlararo poyezd yönalişlararo harakatlanadi.
Qayd etilişiça, Qönğirot–Xiva yönalişida qatnovini boşlaydigan 604-sonli poyezd soat 03:54 da Qönğirot temir yöl vokzalidan hamda Xiva–Qönğirot yönalişida qatnovini boşlaydigan 603-sonli poyezd soat 16:45 da Xiva temir yöl vokzalidan jönaydi.
















