2023 yil 10 dekabr kunidan boşlab «Toşkent — Sariosiyo — Toşkent» yönalişida yangi yölovçi poyezd harakatlana boşlaydi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, şu paytgaça «Toşkent – Termiz – Sariosiyo» yönalişida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yölovçi poyezdi qatnovi bölgan.
Bu poyezd «Toşkent-Termiz-Toşkent» yönalişida qatnovlarni amalga oşirişda davom etadi. 10 dekabrdan boşlab «Toşkent-Sariosiyo-Toşkent» yönalişida alohida qatnov boşlanadi.
Yönalişlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 82-sonli «Toşkent — Sariosiyo» yönalişi:
Toşkent 21:40 — Sariosiyo 12:08
- 81-sonli «Sariosiyo — Toşkent» yönalişi:
Sariosiyo 19:13 — Toşkent 11:47
- 80-sonli «Toşkent — Termiz» yönalişi:
Toşkent 19:50 — Termiz 9:40
- 79-sonli «Termiz — Toşkent» yönalişi
Termiz 17:43 — Toşkent 8:53
«Hozirgi kunda «Toşkent – Termiz – Sariosiyo» yönalişida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yölovçi poyezdi mavjud bölib, u ajralmas tarkib bilan harakatlanadi. Uşbu poyezdning ikkita yönalişda alohida qatnovlarini taşkil etiş ehtiyoji paydo böldi. Şu maqsadda yölovçi taşişlar sonini ikki barobarga oşirişga qaratilgan «Toşkent – Sariosiyo – Toşkent» yönalişida alohida yölovçi poyezdi harakati yölga qöyildi», deyiladi xabarda.

















