Samarqand şahridagi Lohutiy köçasi 31-uyda noxuş hodisa sodir böldi. Toyloq tumanidan şaharga işlaş uçun kelgan 3 nafar öspirin va 1966 yil tuğilgan yana bir fuqaro 28 mart kuni is gazidan zaharlanib, halok böldi. Yoşlarning heç biri uylanmagan va halok bölganlardan biri 2004 yil tuğilgan.

Ma'lum bölişiça, toyloqlik yigitlar 4 kun avval şaharga işlagani kelib, yuqoridagi manzilda qurilayotgan 3 qavatli uyning şiftini ta'mirlay boşlagan. Uy egasining aytişiça, avvaliga yigitlarga qatnab işlaşni taklif qilgan, lekin ular yotib işlasa, iş tez bitişini aytib, yotişga şaroit qilib berişni söragan. Yana takrorlaymiz, bu uy egasining talqini.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi
Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

28 mart kuni soat 11:00 larda xabar olişsa, 5 nafar quruvçi xonada behuş yotibdi. Zudlik bilan tez yordam çaqirişgan va yigitlar kasalxonaga olib ketilgan. Ulardan 4 nafari halok bölib, biri omon qolgan. Bugun, 29 mart kuni tört yigitni qabrga qöyişgan.

Sodir bölgan voqea samaraqandliklar orasida keng muhokamaga sabab böldi, zabardast yigitlarning ölganini eşitganlar qayğuga tuşdi. Holat yuzasidan Maqsud Şayxzoda mahallasidagi «Anor» kafesida Samarqand şahar hokimi Boburmirzo Obloqulov va viloyat prokurori Ravşan Maşaripov iştirokida yiğiliş ötkazildi. Viloyat prokurori ertalab janozada qatnaşib qaytganini, marhumlarning yaqinlari alamzada kayfiyatda ekanini aytdi. Şuningdek, prokuror omon qolgan bir yigitning ahvoli yaxşilanib borayotgani, uning körsatmasi jarayonda hal qiluvçi bölişini aytdi. Prokuror yiğilişdan keyin ham omon qolgan yigitni körgani kasalxonaga ketdi.

Samarqand şahar hokimi Boburmirzo Obloqulov va viloyat prokurori Ravşan Maşaripov

Samarqand şahar hokimi Boburmirzo Obloqulov ham yiğiliş davomida söz olib, heç kimni odamlar oldida ayblamoqçi emasligini, lekin 4 kişi ölib ketgaç, bunga jim qarab ham bölmasligini aytdi. Obloqulov şaharda köplab quruvçilar işçilarga yaxşi şaroit yaratib bermaganini ta'kidladi.