Töqimaçilik tarmoğini ip-kalava sohasidagi amaldorlarning tizginsizligi bilan rivojlantirib böladimi?
|00:46 / 30.03.202117 62014 min
Vazirlar Mahkamasining 18 mart kungi «Respublika hududida ip-kalavani çuqur qayta işlaşni ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi 148-sonli qarori imzolandi.
Bu hujjatda paxta ip-kalavasiga taşqi bozorlarda talab keskin oşişi yuz berib, bu hol mahalliy iste'molçilarda xomaşyo yetişmovçiligi muammosini keltirib çiqargani ta'kidlab ötilgan. Bu vaziyatni töğrilaş çoralari sifatida quyidagilar joriy etilmoqda:
2021 yil 1 martdan 2021 yil 1 avgustgaça bölgan davrda paxta ip-kalavasini eksport qiliş kvotasini «umumiy işlab çiqariladigan paxta ip-kalavasining örtaça 50 foizi miqdorida belgilaş». Kvotalarning miqdori, ularning muayyan korxonalar uçun oylar böyiça taqsimlanişi rasmiylar tarafidan belgilanadi. Bunda me'yor va tartiblar aniq belgilab berilmagan, ya'ni bu iş amaldorlar ixtiyoriga qoldirilgan;
Uşbu kvotadan ortiq eksport qilinadigan paxta ip-kalavasining (böyalgan kalava bundan mustasno) har bir kilogrammi uçun 0,32 AQŞ dollari miqdorida qöşimça yiğim undiriş. Uşbu yiğim paxta ip kalavasining har bir kilogrammi uçun 0,01 AQŞ dollari miqdoridagi mavjud eksport bojiga qöşimça ravişda joriy etilmoqda.
Ya'ni, agarda oçiqça aytiladigan bölsa, kvotadan oşiqça mahsulot uçun boj köp ham emas, kam ham emas, 33 baravarga (!) oşmoqda.
Yuqoridagi holat muvaffaqiyatli rivojlangan mamlakatlardagi amaldorlarniki bilan soliştirib bölmaydigan vakolatlarga ega bölgan bizning amaldorlarimiz iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlarni qanday qabul qilişiga yaxşi misol böla oladi. Ustiga ustak, ular aksar hollarda qabul qilgan qarorlarining samaradorligini şubha ostiga qöyişga har qanday urinişdan qattiq xafa bölişadi.
Oldindan bir narsani aytib ötib ketişni istar edim: xomaşyoni mamlakat içida qayta işlaş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil qiliş va kengaytiriş zarurligiga heç qanday şubha yöq. Uşbu vazifani bajarmasdan turib, rivojlangan iqtisodiyot sari yuriş mumkin emas. Lekin gap maqsadlarda emas, balki uslublarda. Aniqroq aytsak, amaldorlar uşbu maqsadlarga qanday erişişga urinayotganida.
Texnik-tartibot masalalaridan boşlaymiz
Mavzuga oid
Birinçi közga taşlanadigan holat — mazkur hujjat loyihasi heç qayerda e'lon qilinmagani va oçiq muhokama qilinmaganidir. Boz ustiga, hujjatga 18 martda imzo qöyilgan bölsa-da, hozirgaça u e'lon qilinmagan va aftidan, uni heç kim e'lon qiliş niyatida ham emas. Nega? Niyat yaxşi-ku: mahalliy xomaşyoni qayta işlaşni rivojlantiriş. Nega unda bu iş imi-jimida, ötib ketgan davrning «eng yaxşi an'analariga muvofiq» amalga oşirilmoqda? Bu savolga javob olişni juda istar edik.
Ikkinçisi. Körinib turibdiki, «qonun orqaga qaytiş kuçiga ega emas» prinsipi buzilmoqda: kvotalar joriy etiş va eksport tölovlarini oşiriş töğrisidagi qaror 18 martda qabul qilinmoqda (va hozirgaça e'lon qilingani yöq), uning kuçga kirişi esa 1 martdan boşlanmoqda. Buni qanday ataş mumkin? Eng yumşoq qilib aytganda – huquqiy savodsizlik!
Uçinçidan. Axir stavkalarni oşiriş yoki yangi soliqlarni (eksport yiğimlari – bular ham soliq hisoblanadi) joriy qiliş parlament tomonidan tasdiqlanişi kerak emasmi? Hatto örta asrlar Yevropasida ham qirollar soliqlarni parlament ruxsatisiz oşira olmaganlar. Özbekiston amaldorlari esa buni XXI asrda ham qila olişmoqda. Men parlament yuqoridan tuşirilgan har qanday qarorni tasdiqlab berişini yaxşi tuşunaman. Lekin baribir tartib tartib-da – unga amal qiliş zarur. Hatto uşbu rasmiyatçilikni ham buziş nimaga kerak bölib qoldi?
Törtinçidan. Yil örtasida öyin qoidalarini keskin özgartiriş, buning ustida ötgan sana bilan qaror qabul qiliş tadbirkor va investorlar tarafidan qonunçilik va iqtisodiy siyosatning barqaror emasligi, deb tuşuniladi va hatto hozirdan şunday tuşunilmoqda. Paxtani qayta işlaşni çuqurlaştiriş vazifasini bunday uslublar bilan hal qilişga uringan holda biz investitsiya muhitini yomonlaştirayotganimiz, iqtisodiyotimizga tuzatib bölmas ziyon yetkazayotganimiz yöqmi? Har yili bu kabi qonunga xilof va aksilsarmoyaviy qarorlar tufayli qança investitsiya va yangi texnologiyalarni olmayapmiz? Kimdir buni hisoblab körganmi?
Kvotalarning hajmi va taqsimlanişi haqida
Ip-kalava eksportini işlab çiqariş hajmidan 50 foiz miqdorida çeklab qöyiş möljallanmoqda. Hozirgi paytda ip-kalavaning qança qismi mamlakat içida qayta işlanmoqda? Ba'zi ekspertlarning baholariga köra, bugungi kunda uşbu körsatkiç işlab çiqarilayotgan ip-kalavaning atigi 14 foizini taşkil etadi.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) biroz boşqaça raqamlarni keltirmoqda: 2020 yilda 778 ming tonna ip-kalava işlab çiqarilgan bölib, içki iste'mol 40,7 foizga teng. Ammo ITIMda uşbu masala böyiça aniq ma'lumotlar borligidan şubhalanişga uning tomonidan berilgan 2019 yilga taalluqli ma'lumotlar asos böla oladi: işlab çiqariş – 608 ming tonna, iste'mol – 55,8 foizni, ya'ni 340 ming tonna, öz navbatida, eksport – 268 ming tonna. Sönggi raqam Davlat statistika qömitasining ip-kalava eksporti böyiça ma'lumotlari bilan sira mos kelmaydi – 400 ming tonna.
Bundan taşqari, ITIM ma'lumotlariga köra, 2020 yilda ip-kalavaning içki iste'moli 2019 yilga soliştirganda tuşib ketgan. Şu bilan birga, ip-kalavadan mahsulot işlab çiqariş sezilarli darajada ösgan.
Ip-kalavaning içki iste'moliga doir ma'lumotlar bir biriga ança zidligini va işlab çiqarişda iste'mol uluşi turli baholarga köra 14 foizdan 40 foizgaça bölgan oraliqdaligini körişimiz mumkin. Aftidan, mamlakatda real raqamlarni heç kim bilmaydi.
Unda 50 foiz degan raqam qayerdan çiqdi? Balki «Öztekstilsanoat» uyuşmasining vaqti-vaqti bilan çiqib turadigan, 2021 yilda ip-kalavaning içki iste'moli 50 foiz yuqori darajaga yetkazilişiga doir (bunda ip-kalavani işlab çiqariş 900 ming tonnadan oşadi) ğalaba raportlaridan. Bu raqamlar qayerdan paydo böldi?
Körinişidan, ular töqimaçilik sohasiga, jumladan, davlat dasturlari böyiça yönaltirilayotgan ulkan sarmoyalar bilan qandaydir boğliq.
Mantiq oddiy: holbuki tarmoqqa katta sarmoyalar kirayotgan ekan, işlab çiqariş ham tegişli sur'atda ösişi kerak. Faqat bu mantiq biroz sayoz: Özbekistonning yaqin tarixidan yaxşi bilamizki, investitsiyalarning ösiş sur'atlari (ayniqsa, davlat dasturlari böyiça) va işlab çiqariş sur'atlarining ösişi örtasida mutanosib töğridan töğri boğliqlik bölişi şart emas.
Birinçidan, bizning rasmiylarimizning nimanidir rejalaştiriş qobiliyatini şubha ostiga qöyiş kerak böladi, ayniqsa, ular aftidan ip-kalava işlab çiqariş va içki iste'mol böyiça aniq raqamlarga ega bölmagan şaroitlarda.
Ikkinçidan, işlab çiqariş quvvatlarini yaratişning özi yetarli emas. Tegişli işlab çiqariş kölamlari uçun mahsulotga bölgan talab ham zarur (investitsiya qarorlarini qabul qiladigan amaldorlarimiz kamdan kam hollarda haqiqiy bozor kon'yunkturasini seza olişadi).
Uçinçidan, mahsulotlar raqobatbardoş bölişi kerak, aks holda ularni sotib olişmaydi. Raqobatbardoş mahsulotlarni yaratiş bilan ham katta muammolar mavjud: amaldorlar boşçiligidagi sarmoyalar kamdan kam hollarda samarali böladi. Şu sababli, tegişli işlab çiqarişlar yaratilgandan söng, köp hollarda uşbu işlab çiqariş quvvatlarini proteksionistik tösiqlar, imtiyozlar, subsidiyalar, xomaşyoga sun'iy ravişda arzon narxlar qöyiş bilan «himoya qiliş»ga töğri keladi.
Öz navbatida savol tuğiladi: ip-kalavaning real içki iste'moli töğrisida aniq ma'lumotlarga ega bölmagan holda va uning kelajakdagi ösişi töğrisida öta optimistik «prognozlar»ga asoslangan holda eksport kvotalarini 50 foiz miqdorida belgilaş qançalik töğri?
Menimça, bu yondaşuv, yumşoq qilib aytganda, mas'uliyatsiz yondaşuv.
Keyingi jihat şundaki, ip-kalava har xil böladi. Şundan kelib çiqib, mamlakatda işlab çiqariladigan ip-kalavaning içki iste'moli işlab çiqarişga qaraganda ança kam yoki mamlakat içida umuman iste'mol qilinmaydigan turlari mavjud. Şu sababli, agar kvotalar hammaga bir xil nisbatda taqsimlansa, bundan heç qanday yaxşi natija çiqmaydi.
Şartli misol. Korxonada 100 tonna ip-kalava işlab çiqarilar edi, içki bozorda talab 10 tonna. Endilikda korxona içki talabni qondirgan holda eksportga şunça miqdorda sotiş uçun işlab çiqarişni 20 tonnagaça qisqartirişi kerak böladi.
Şu sababli ham kvotalar korxonalar örtasida mansabdor şaxslar tomonidan teng bölmagan nisbatlarda taqsimlanadi – ya'ni ularning öz bilganiça. Şu bilan birga, kvotalarni aniqlaş va taqsimlaş mexanizmlari aniq yozib qöyilmagan. Boşqaça qilib aytganda, yigiruv sanoati eksporti şunçaki byurokratiya qöliga topşirilgan. U kimga va qanday kvotalar berişni öz mezonlari va tuşunçalari asosida hal qiladi. Volyuntarizm va korrupsiya uçun ajoyib manba.
Hukumatning paxta xomaşyosini qayta işlaşni köpaytiriş istagi tuşunarli. Ammo bu maqsadga qayta işlaşning eng muhim böğinlaridan biri — yigiruv sanoatini xavfga qöyiş bilan erişiş mumkinmi? Aminmanki, yöq.
Sanoatda juda qattiq raqobat mavjud. Şuning uçun u yerda işlab çiqaruvçilar superfoyda olmaydilar. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, sönggi ikki yilda eng qimmat ip-kalavaning sof foydasi har kilogramm uçun örtaça 30 sentni taşkil etgan. Arzonroq iplarning 1 kilosidan esa 18 sent va undan ham kamroq.
Eslatib ötaman, endilikda kvotadan oşiqça mahsulotlardan olinadigan eksport soliğining yalpi miqdori kilogrammi uçun 33 sentni taşkil etadi. Ya'ni limitdan yuqori eksport foydasiz bölib qolmoqda. Agar ip-kalavani içki bozorda maqbul narxlarda sotiş imkoni bölmasa, u holda işlab çiqarişni qisqartiriş kerak böladi, bu esa mahsulot tannarxi (işlab çiqariş kölamidan keladigan ijobiy ta'sir işlamay qoladi), uning raqobatdoşligi va sanoatning moliyaviy körsatkiçlariga salbiy ta'sir qiladi.
Qöşimçasiga, sohaga yangi sarmoyalar oqişi töxtaydi: qaysi investor öyin qoidalari şu qadar beqaror bölsa, öz peşona teri bilan işlab topgan pullarini tikişni xohlaydi? Va, albatta, qiyinçilik bilan egallangan eksport pozitsiyalariga kuçli zarba beriladi: kompaniyalar özlarining şartnomaviy majburiyatlarini bajara olmaydilar, sotuv narxlarini kötarişga majbur böladilar, pirovardida öz mahsulotlarining raqobatbardoşligini pasaytiradilar va egallangan bozorlarini raqobatçilarga topşiradilar. Ip-kalavaçilarga bunday zarar yetkaziş orqali biz töqimaçilik tarmoğiga yordam bera olamizmi axir?
Bu vaqtinçalik çora ekani va bu sohadagi narxlar barqarorlaşişi bilan unga barham berilişini aytib e'tiroz bildirişlari mumkin. Ammo, birinçidan, bizning mamlakatimizda «vaqtinçalik çoralar»dan köra doimiyroq narsa yöq. Amaldorlar iqtisodiyotga bunday yangi ta'sir vositasidan ixtiyoriy ravişda voz keçişlari ehtimoldan juda yiroq.
Odobsiz savol uçun uzr sörayman: hujjat mualliflari narxlar nomutanosibligi 1 avgustgaça davom etişini qayerdan biladilar? Balki narxlar ertaga tuşib ketar? Ular ip-kalavaning yuqori narxlar davri qança davom etişini qayerdan bilişlari mumkin? Yoki ip-kalavaning narxi oşişi ortidan paxta narxi kötarilib ketib (bu juda mantiqiy taxmin), ip-kalava işlab çiqaruvçilar bunday kvotalar va eksport tölovlari bilan şunçaki rentabelsiz bölib qolar? Agar tayyor töqimaçilik mahsulotlarining narxlari kötarilsa (ular allaqaçon ösa boşladi) nima böladi (bu ip-kalava iste'molçilariga yigiruv mahsulotlari narxining kötarilişidan kelgan zararlarini qoplaşga imkon beradi)?
Qayd etiş kerakki, hujjatda amaldorlar «paxta ipini eksport qiliş kvotalari va qöşimça tölovlar miqdorini paxta kalavasining taşqi va içki bozorlaridagi vaziyatdan kelib çiqib» özgartirişlari mumkinligi közda tutilgan. Ammo rasmiylarimiz bozor kon'yunkturasidagi bunday özgarişlarga tezda javob qaytarişni qançalik eplay oladilar? (Ularning köp yillar davomida kvotalarni uquvsizlarça taqsimlaşlari va meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxlarini nazorat qilişga urinişlariga qarab, bu masalalarda ularning samaradorligiga umid, yumşoq qilib aytganda, kuçsizdir. Meva-sabzavotni bunday tartibga solişdan uşbu sohaga juda ulkan zarar yetkazildi).
Va eng muhimi: ular uşbu masalalar bilan qay darajada şuğullanişlari kerak?
Mamlakatimizda amaldorlar son-sanoqsiz masalalarni hal qilişmoqda. YaIMning 40 foizdan ortiği budjet va har xil davlat jamğarmalari va hokazolar orqali taqsimlanadi. Yevropaning eng boy davlatlarining hammasi ham bunga qodir emas. Va Şarqiy Osiyoning boy mamlakatlarida esa, kamdan kam holatlarda YaIMning 20 foizdan ortiği davlat orqali ötadi, men kambağal mamlakatlar haqida gapirmayapman (mamlakat qançalik kambağal bölsa, davlatning YaIMdagi uluşi örtaça hisobda şunça kamroq).
Ammo biz uçun xorijiy tajriba misol böla olmaydi. Bizning byurokratiya iqtisodiyotni boşqarişda qatnaşişda, bunga qodirligidan va mamlakatimizga keyingi 30 yil davomida yetkazayotgan ulkan zararidan qat'i nazar, bundan keyin ham davom etişni istaydi.
Balki yigiruv sanoatini tinç qöygan va öta zararli hujjatni bekor qilgan yaxşidir? Agar siz çindan ham mahalliy ip-kalava iste'molçilariga töğridan töğri yordam berişni hohlayotgan bölsangiz, nega, masalan, sohaga soliq yukini kamaytirmaysiz yoki xomaşyo sotib olişni kreditlaşda yordam bermaysiz?
Men tarmoqlarga taqdim etiladigan imtiyozlar tarafdori emasman. Ammo bu yigiruv sanoatini ma'muriy-byurokratik taqiqlar va nazorat kabilar bilan xavf ostiga qöyişdan köra yaxşiroqdir.
Yuliy Yusupov,
Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşiş markazi (CED) direktori.