28 martdan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi kutilmagan tarzda yölovçilardan bagaj uçun alohida haq (örtaça 10 AQŞ dollari) undira boşladi. Kompaniya buni yangiça qoidaga ötiş deb baholamoqda. Ammo bu qonunçilikka zid hisoblanadi.

29 mart kuni Toşkent mahalliy aeroporti orqali safarga çiqqan Kun.uz muxbiri aeroportda noqulay ahvolga tuşib qolgani, xususan, örnatilgan yangi qoidaga köra, oldingiday yuk uçun çiptaga kiritilgan umumiy oğirlikka köra emas, balki bittadan taşqari har bir bagajga alohida haq olinayotgani, bundan barça yölovçilar birday norozi bölayotgani haqida xabar berilgandi.

Ammo, tahlillar şuni körsatdiki, kompaniyaning uşbu harakatlari qonunga zid bölib çiqmoqda. Özbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar töğrisida»gi Qonuni 7-moddasining törtinçi qismiga binoan, yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan ular kuçga kirişidan kamida ön beş kun avval ommaviy axborot vositalarida e'lon qilişi lozim.

Bundan taşqari, uşbu qoida Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandida ham öz aksini topgan.

Aeroport xizmatlari sohasidagi xizmatlar (samolyotlarning uçişini ta'minlaş, yölovçilarga xizmat körsatiş, yuklar, poçta va bagajlarga işlov beriş xizmatlari) tabiiy monopoliya şaroitida işlab çiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxatiga (8-bandi) kiritilgan.

Kompaniya esa öz saytida Piece Concept (bagajlar soniga köra) tartibi qöllanişi haqida uşbu tartib joriy qilinişidan bir kun (!) oldin – 27 mart kuni e'lon qilgan