Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablarda an'anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yiladi
Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablarda an'anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahror Sultonov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning 1 aprelidan poytaxtning Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarida ham an'anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
16 martdan Toshkent shahrining uchta tumani - Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkazilgandi.
Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha umumta'lim maktablarida 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta'tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish belgilab berilgandi.
Bundan oldinroq Toshkent shahrida koronavirus aniqlanayotgan maktablar karantinga yopilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:00 / 26.11.2025
Yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarga dars berganlik uchun yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025