Farğonada ikkita tibbiyot muassasasi — viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi hamda Endokrinologiya dispanseriga 15 ta yangi gemodializ apparati örnatildi. Uşbu muassasalarda gemodializ bölimlari taşkil etildi.

Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, endilikda viloyatdagi surunkali buyrak yetişmovçiligi bilan oğrigan va nogironligi bölgan şaxslarning gemodializ xizmatiga bölgan ehtiyoji qondiriladi. Yangi apparatlarni sotib oliş uçun viloyat mahalliy budjetidan 2 mlrd 300 mln sömdan ziyod mablağ ajratilgan. Tibbiy apparatlar Germaniya davlatidan olib kelingan. 

Ta'kidlanişiça, Farğona şahridagi viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi qoşida 10 ta hamda viloyat Endokrinologiya dispanseri qoşida 5 ta gemodializ apparatga möljallangan “Ekstrakorporal detoksikatsiya” (gemodializ) bölimlari ham taşkil etilgan. Uskunalarni örnatişga Turkiya va Rossiyaning texnik mutaxassislari jalb qilingan.  

Ma'lumot uçun, bugunga qadar viloyatda 22 ta gemodializ apparati bölgan. Dispanser nazoratida turgan 120 nafar bemor mavjud.