Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonliko‘lda bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi
Kecha, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi.
"Bizga Bekbergenovaday rahbar kerak emas! Biz sud qaroridan norozimiz", deb yozilgan plakatlar bilan bir guruh odamlar yo‘lni to‘sib, norozilik bildirgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Bekbergenova tumandagi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbari hisoblanadi. U avvalroq ishidan bo‘shatilgan, ammo sud qarori bilan lavozimiga qayta tiklangan.

Kun.uz muxbiri holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik holatni nazoratga olganini, voqea yuzasidan jarayon to‘liq o‘rganilgandan keyin batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
10:11 / 06.02.2026
O‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 5+1 dual tizimda oliy ma’lumot oladi
11:45 / 24.01.2026