Kun.uz muxbiri xabariga köra, uçraşuvda Samarqand şahrida ham «propiska» bilan boğliq muammolar paydo bölayotgani, subsidiya asosida uy oliş maqsadida bölgan yoşlar qoğozbozlikdan çarçayotganini ma'lum qildi.

«Biz Samarqand şahrini «millionlik şahar»ga aylantirmoqçimiz. Şuning harakatini qilyapmiz. Keçi bilan yil yakunigaça bu rejamiz amalga oşadi. Samarqand şahri [va unga yondoş hududlar]da bugun bir milliondan oşiq aholi yaşaydi. Past Darğom tumanining bir qismi qöşilib ketgan, Samarqand tumanining qariyb 90 foiz qismi şahar tarkibida turibdi. Biz Samarqandni «millionlik şahar» qilib, uning tarkibida beşta tuman tuzmoqçimiz.

Dunyoda «millioner şahar»larning öz statusi bor. Har qanday biznesmen biror tumanga pul qöyişdan oldin aholisi qançaligiga qiziqadi. Mehnat resursi boymi-yöqmi, deb söraydi. Odam köp bölsa, bu yerga pul tikadi. Nega tikadi, çunki şaharda köp odam bölsa, köp yeydi, köp odam kirib-çiqadi. Şuning uçun ham millionli şaharning statusi özgaça.

Masalan, Qozoğiston. Bizdan ikki barobar aholisi kam. Lekin uçta millionlik şaharlari bor. Almati, Nursulton va Çimkent. Bizda esa bitta Toşkent şahri.

Samarqand bemalol «millionlik şahar» böladi. Qozoğistonda Çimkentni u yoğidan, bu yoğidan çözib, juda katta hududni birlaştirib millioner şahar qilişdi. Biz esa kiçkinagina joydan bir million qilamiz. Şahrimizda aholi ziçligi Odessa bilan bab-barobar. Samarqandning ahamiyati şunaqa. Biz şunga tayyorgarlik köryapmiz», – dedi Turdimov.

Viloyat hokimi Samarqand şahrida 5 ta şahar tumani taşkil etilişini ta'kidlab ötdi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, şaharning azaliy Boğişamol, Siyob va Temiryöl tumanlari tiklanişi, şuningdek, yangidan Gulobod va Qorasuv tumanlari barpo etilişi mumkin.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotiga köra, 2020 yil 1 yanvar holatiga, Toşkent şahri aholisi 2,6 millionni taşkil etgan. Aholi soni böyiça Özbekistonning ikkinçi eng yirik şahri – Namangan (626 ming doimiy aholi). Bu borada Samarqand şahri 546 ming doimiy aholi bilan uçinçi örinni egallaydi.