Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida qoidani buzib qarama-qarşi yönalişda harakatlangan haydovçi piyodani urib yuborgan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 2021 yil 29 mart kuni davlat ahamiyatidagi 4R43 Marjonbuloq-Zarmetan-Qöşrabot avtomobil yölining Qöşrabot tumani Quralas mahallasidan ötgan 107 kilometrida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.
Ma'lum bölişiça, 62 yoşli haydovçi öz boşqaruvida bölgan «Spark» avtomaşinasida harakatlanib ketayotganda quvib ötiş qoidalarini qöpol tarzda buzgan. U yölning qarama-qarşi yölagidan ötib, piyodalar harakatlanadigan qismiga çiqib ketgan va çap tarafda ketayotgan 56 yoşli ayolni urib yuborgan. Ayol olgan oğir tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan qoidabuzar haydovçiga nisbatan jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, mazkur YTH sodir bölgan mahallada viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tarğibot muhokamasi ötkazilgan.
Samarqandda ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy berdi












