2021 yilda talabgorligi yuqori bölgan 60ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) joriy qiliş közda tutilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi xabariga köra, vazirlik tomonidan tayyorlangan dastur loyihasi jamoatçilik muhokamasidan ötdi va boş vazir tomonidan tasdiqlandi.
Dasturga köra, davlat boşqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan an'anaviy tarzda yoki boşqa manbalar orqali elektron körsatilayotgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatişni yölga qöyiş belgilangan.
Ma'lum qilinişiça, yil davomida jami 60ta yangi xizmat işga tuşiriladi. Röyxatga:
- fuqarolikka qabul qiliş uçun ariza yuboriş;
- avtomobilni texnik körikdan ötkaziş uçun onlayn tölovlarini amalga oşiriş;
- respublikadan çiqişga çeklovlar mavjudligini tekşiriş;
- iş daromadlari töğrisida ma'lumotnoma oliş;
- şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraği holati haqida ma'lumot oliş;
- oliy öquv yurtlariga hujjatlarni qabul qiliş;
- avtotransport vositalarini onlayn röyxatdan ötkaziş;
- avtotransport vositasi davlat raqami va texnik pasportini özgartiriş uçun ariza yuboriş;
- oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga öqişga kiriş uçun hujjatlarini topşiriş;
- mehnat daftarçasidan köçirma oliş;
- saylov uçastkasini aniqlaş yoki özgartiriş kabi xizmatlar kiritilgan.
Ta'kidlanişiça, dasturda davlat xizmatlarini töliq masofadan körsatiş böyiça jarayonlarni avtomatlaştiriş va xizmat körsatiş bosqiçlarini maksimal darajada optimallaştiriş maqsad qilingan.
















