Özbekistonda anor plantatsiyalari maydoni faol ravişda kengaytirilmoqda. Ötgan yilning sentabr oyida Farğona viloyatidagi anor boğlarining umumiy maydonini 2025 yilga qadar 20 ming gektarga yetkaziş va ulardan yiliga 200 ming tonnadan ziyod hosil yiğib olinişi rejalaştirilayotgani ma'lum qilingan. Xususan, Rişton va Oltiariq tumanlarida 1400 gektar maydonda yangi anor boğlari yaratilgan. Şuningdek, Qişloq xöjaligi vazirligi Qaşqadaryoda anor plantatsiyalari yana 2 ming gektarga köpayganini e'lon qildi.
Bundan taşqari, ÖzA ma'lumotlariga köra, 2021-2022 yillarda Surxondaryoda 9 ming 432 gektar yerda anorzorlar barpo etilişi va yillik hosil hajmini yaqin kelajakda 300 ming tonnaga yetkaziş közda tutilgan.
Farğona, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi rejalar, şuningdek, mamlakatning boşqa mintaqalaridagi mavjud plantatsiyalar hisobga olinsa, yaqin 5-10 yil içida respublikada anor işlab çiqarişning yillik hajmi kamida 600 ming tonnadan oşişi prognoz qilinadi.
EastFruit bu rejalar amalga oşişida bir qança omil xalaqit berişi mumkinligi haqida material e'lon qildi.
Birinçidan, bu anor yetiştiriş uçun juda mos bölmagan Özbekistonning iqlimi. Hatto mamlakatning janubiy mintaqalarida ham yer qişda vaqti-vaqti bilan muzlaydi. Bu esa hatto bir gektar maydonda anor yetiştirişni murakkab jarayonga aylantirib qöyadi. Agar önlab va yuz minglab gektar maydonlarda işlar yölga qöyilsa, unda bu hududlardagi anor butalarini qişki sovuqdan qanday himoya qiliş mumkinligini tasavvur qiliş qiyin.
Ikkinçidan, bu biznesni rejalaştirişda qöyiladigan ulkan hosil körsatkiçlari. Haqiqat rejalarga qaraganda kamroq optimizmga ega böladi.
Uçinçidan, jahon anor bozori tobora ösib bormoqda, ammo unga ma'lum navlarning yuqori sifatli mevalari kerak, Özbekistonda esa jahon bozorida unçalik qimmat bölmagan va talab pastroq mahalliy seleksiyaga e'tibor qaratilmoqda.
Agar işlab çiqariş şu qadar tez össa va an'anaviy mahalliy navlar yetiştirişda davom etilsa, Özbekiston anorni sanoat usulida qayta işlaş haqida öylaşi maqsadga muvofiq böladi.
















