Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Zangiotadagi ishlab chiqarish sexlarida yong‘in ro‘y berdi
Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun, 2 aprel kuni taxminan soat 14:34larda Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in sodir bo‘lgan hududga 5ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi jalb qilindi. Yong‘indan taxminan 200 kvadrat metr hudud zarar ko‘rgan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 40 daqiqa atrofida vaqt sarflandi.
Qutqaruvchilarning harakatlari tufayli korxonaning qolgan qismi saqlab qolindi. Hodisa oqibati qurbonlar va jabrlanganlar aniqlanmadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi deraza-eshik ishlab chiqarish sexida ham chiqqan yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inda 300 kvadrat metr maydon zararlangan.
Bu yerda ham qurbonlar va tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:35
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026