Senatning xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov Xitoy bilan amalga oşirilişi közda tutilgan investitsiyaviy loyihalar va bu jarayonda yuzaga kelayotgan ba'zi bir muammolar haqida töxtalib ötdi.
«Eksport va investitsiya masalalarini rivojlantiriş böyiça hukumat komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi bayoni bilan XXR bilan investitsiya va savdo aloqalarini rivojlantiriş böyiça umumiy yöl xaritasi tasdiqlangan. Mazkur hujjat qiymati 15,5 milliard dollarga teng bölgan 139ta loyihani öz içiga olgan. Hozirgi kunga qadar 11,8 million dollarlik 11ta loyiha amalga oşirilgan», — dedi Ravşanbek Alimov.
Şu bilan birga, yöl xaritasida közda tutilgan qiymati 871 million dollarlik 7ta loyiha amalga oşirilişida muammolar borligi aniqlangani aytib ötildi.
Xususan, xorijiy hamkorlarning moliyaviy holati yomonlaşgani sababli Buxoro viloyatida amalga oşirilişi közda tutilgan qiymati 20 million dollarlik 2ta loyiha ijrosi töxtab qolgan va investorlar bilan olib borilayotgan kelişuvlar haligaça yakunlanmagan.
Bundan taşqari, 31 million dollarlik 2ta kelişuv moliyalaştiriş manbalari va xorijiy hamkorlar yöqligi sababli öz vaqtida bajarilmagan.
Şuningdek, 820 million dollarlik 2ta kelişuv tender savdolari ötkazilmagani sababli öz vaqtida amalga oşirilmagan.
Sirdaryo viloyatida bajarilişi közda tutilgan bitta loyiha istiqbolsiz deb topilib, töxtatilgan.
Samarqand viloyati hokimligi ma'lumotlariga köra, Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi hududda amalga oşirilişi közda tutilgan 21ta loyiha taklif etgan bölib, şundan 9tasi amalga oşirilgan, 177,6 million dollarlik 7ta loyiha istiqbolsiz deb topilgan.
Avvalroq 2019 yilda Xitoydan Özbekiston iqtisodiyotiga 510 million dollar, 2020 yilda esa 730 million dollar töğridan töğri investitsiya jalb qilingani ma'lum qilingandi. Xitoy Özbekistonga investitsiya kiritiş böyiça ötgan yilda birinçi örinni egallab, jalb qilingan umumiy investitsiyada Xitoyning uluşi 26,2 foizni taşkil qilgan.
















