AQŞ ma'muriyati Donald Tramp tomonidan xalqaro jinoyat sudi (XJS) xodimlariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi.
Davlat departamentining xabar qilişiça, XJS prokurori Fatu Bensuda va sud bölimlaridan birining rahbari Fakiso Moçoçokoga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bekor qilingan.
«Bundan taşqari, davlat departamenti XJSning ayrim xodimlariga nisbatan 2019 yilda joriy etilgan viza çeklovlari töğrisidagi farmonni ham bekor qildi», — deyiladi xabarda.
2019 yilda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Vaşington AQŞ harbiylarining harakatlari ustidan tergov olib borgani uçun xalqaro jinoyat sudi xodimlariga nisbatan sanksiya kiritişga tayyorligini aytgandi.
2020 yil iyunda Tramp AQŞning Afğonistondagi harbiylari sodir etgan jinoyatlarni tergov qilişga aloqador XJS xodimlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qöllaş töğrisida farmon çiqardi.
2020 yil sentyabrda esa Tramp ma'muriyati sud tergovni davom ettirayotgani uçun XJS prokuroriga nisbatan sanksiya joriy etilganini e'lon qildi.
XJS 2002 yilda Haagada taşkil etilgan. Sud harbiy jinoyatlar, genotsid va insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça iş olib boradi. AQŞ uşbu sud faoliyatida qatnaşişdan boş tortgan.













