Xalqaro jinoyat sudi al-Başirni Darfurdagi etnik ixtilof vaqtidagi genotsid, harbiy va insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblamoqda. Sudan taşqi işlar vaziri Maryam al-Mahdiy hukumat uşbu jinoyatlarga aloqador va qidiruvda bölgan boşqa şaxslarni ham Haagadagi sudga topşirişga qaror qilganini ma'lum qilgan.
BMTning baholaşiça, 2003 yildan 2006 yilgaça Darfurdagi ixtilofda 300 mingga yaqin odam halok bölgan, 2,5 mlnga yaqin odam zöravonlikdan qoçib öz yaşaş joylarini tark etişga majbur bölgan. Tergov ma'lumotlariga köra, al-Başir Darfurga qözğolonni bostiriş uçun arab otliq otryadlarini jönatgan. Ular ommaviy qotilliklar sodir etgan, uylarga öt qöygan va marodyorlik bilan şuğullangan.
77 yoşli Umar al-Başir Sudanga 1989 yildan beri rahbarlik qilib kelgan va 2019 yilda ommaviy norozilik namoyişlaridan keyin hokimiyatdan ağdarilgan.
BMT Xavfsizlik kengaşi 2005 yilda Xalqaro jinoyat sudiga Darfurdagi jinoyatlarni tergov qiliş vazifasini topşirgan. 2008 yilda sud al-Başirni hibsga olişga order bergan va şu yildayoq u qidiruvga berilgan, biroq hanuzgaça javobgarlikka tortilmay kelayotgandi. Sobiq prezident hozirda Sudanda hibsda uşlab turilibdi.
Iyulda XJS Umar al-Başir Darfurdagi voqealar böyiça ilk sudlanuvçi bölişini ma'lum qilgan.













