Niderlandiyaning Haaga şahrida joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi 17 mart kuni Rossiya prezidenti Putinni hibsga olişga order bergandi. Bugun mana şu mavzu yana diqqat markaziga tuşdi.
Orderga köra, Rim statutini imzolagan 123 ta davlat Putin bu davlatlarga borgan taqdirda uni hibsga olişga majbur. Putin uni qölga olişga xalqaro order berilganidan keyin Ukrainaning bosib olingan hududlariga bordi, ammo xorijga safar qilgani yöq. Tabiiyki Xalqaro jinoyat sudi talablarini bajariş majburiyatini olgan xorijiy davlatlarga ham.
Putin 22 avgust kuni ilk marta Rim statutini imzolagan davlat hududiga qadam bosişi mumkin. U Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR a’zo bölgan BRICS sammiti yiğilişida iştirok etiş uçun Janubiy Afrika Respublikasiga taklif qilingan. Durban şahrida ötkazilajak sammit oldidan JAR hukumati Putin bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulay vaziyatdan çiqib ketiş yölini izlamoqda. Çunki mamlakat Xalqaro sud talablarini bajariş majburiyatini yuklaydigan Rim statutini ratifikatsiya qilgan.
Şu bois JARda Putinning taşrifi oldidan Xalqaro jinoyat sudidan çiqiş masalasi muhokama qilinmoqda. Mamlakat parlamentining quyi palatasida köpçilik ovozga ega «Afrika milliy kongressi» hukmron partiyasi esa mamlakat Xalqaro jinoyat sudidan çiqişini ma’lum qilib böldi.
Bu mavzu Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyoning JARga taşrifi çoğida mamlakat prezidenti Siril Ramapasa bilan ötkazgan uçraşuvida ham muhokama qilingan.
«Ba’zi holatlardagi tarafkaşlik uçun»
«Yuzaga kelgan vaziyatni örganişda davom etyapmiz. Biror qarorga kelişimiz bilan ma’lum qilamiz. Hukmron partiyamizning bu qarori Xalqaro jinoyat sudi ma’lum holatlarda tarafkaşlik qilgani bilan izohlanmoqda», degan JAR prezidenti Siril Ramapasa finlandiyalik hamkasbi bilan uçraşuvda.
Janubiy afrikalik siyosatçilar mamlakat Rossiya bilan mojaroga borişni istamasa, tezda Xalqaro suddan çiqişi kerak deb hisoblamoqda. Jarayon amalga oşişi uçun parlamentda köpçilik ovoz berişi kerak va bu borada muammo yöq, çunki hukmron partiya bu taklifni qöllab böldi. Partiyadagi muhokamalarda aksar siyosatçilar mamlakatning Halqaro jinoyat sudidan çiqişi «aqlli qaror böladi» deb aytgan.
Afrika siyosatini kuzatib boruvçi tahlilçilarning fikriça, JARning Xalqaro jinoyat sudi böyiça kelişuvdan çiqişi kutilmagan voqelik bölmaydi. Çunki mamlakat Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamagan, bu borada neytrallikni saqlaşni ma’qul körgan.













