Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentdan masjid qurib berishni so‘ragan konimexliklarning istagi amalga oshdi
Navoiy viloyatining Konimex tumani markazida yangi masjid qurib bitkazildi. U 9 aprel kuni foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Prezident 2019 yil mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida konimexlik bir guruh faollar bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda bir guruh nuroniylarning «Tuman markazida yurtdoshlarimiz uchun zamonaviy masjid barpo etilsa, konimexlik mo‘min-musulmonlarning ko‘p yillik orzulari amalga oshgan bo‘lardi», degan istaklari oradan ikki yil o‘tib amalga oshdi.

Madaniyat vazirligi, viloyat hamda Konimex tumani hokimliklarining qo‘llab-quvvatlashi, saxovatpesha insonlarning beg‘araz homiyliklari tufayli Konimex tumani markazida muhtasham, o‘ziga xos dizayn va tarixiy arxitektura yechimlarini mujassam etgan yangi masjid qad rostladi.
Navoiy viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasig boshlig‘i Dilshod Mamarajabovning ma'lum qilishicha, zamonaviy shart-sharoitga ega bo‘lgan mazkur «Mix ota» masjidi bir vaqtning o‘zida 1 000 nafardan ortiq namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

U «Sardoba Malik Rabot» xususiy korxonasining qo‘li gul usta-me'morlari tomonidan ushbu hududdagi 100 kishilik eski masjid yonida bunyod etilgan.





Mavzuga oid
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
17:10 / 08.01.2026