“SES”da topshirgan testim musbat, xususiy klinikadagisi manfiy chiqdi. Qaysi biriga ishonay?”
Jurnalist Bobur Jalolovning boshidan o‘tkazganlari bugungi kunda olib borilayotgan diagnostika tizimiga qator savollar tug‘dirish bilan birga, ishonchsizlikni ham oshiradi.

Foto: Shutterstock
“Shamollab qoldim, ko‘p belgilari Covid-19’ga o‘xshash kechdi. 10 kun davolanib bo‘lgach, 30 mart soat 12:00larda Mirobod tumanidagi “SES”da test topshirdim. Javobi ikki kunda chiqadi, deyishdi. Bu haqda ishxonamdagilarga bildirganimda “shoshilinch rejalar bor edi, shuning uchun xususiy laboratoriyada test topshirib, tezroq javobini oling va sog‘aygan bo‘lsangiz ishga chiqing”, – deyishdi.
Shu kuni soat 14:00 larda, ya'ni oradan ikki soat o‘tib xususiy klinikada test topshirdim. Chindan ham javobi kechgacha chiqdi – manfiy (ya'ni menda koronavirus aniqlanmadi). Ikkalasidan ham bir xil usulda – ya'ni burundan surtma olishdi.
Manfiy javobdan xursand bo‘ldim va xotirjam ishga bordim.
Ammo ertasiga, ya'ni 31 mart kuni Mirobod tumanidagi “SES”da test topshirgan testim javobi musbat chiqdi. Ya'ni bu ma'lumotga ishonilsa, menda koronavirus borligi aniqlandi. Men bilan birga oilamizning yana ikki a'zosida kasallik bor ekan.
Hayron bo‘ldim va xususiy klinika bilan bog‘landim. Chunki birinchi shubha ularga tushgandi.
Xususiy klinika xodimlari test chindan ham o‘tkazilganini, koronavirus aniqlanmaganini ta'kidlashdi. Tortishuvlardan keyin yana shu klinikaning o‘zida, boshqa, mukammalroq bir uskuna orqali test topshirishni taklif qilishdi. Rozi bo‘ldim va topshirdim. 2 aprel kuni chiqqan javob yana manfiy ko‘rsatdi, koronavirus aniqlanmadi.
Hayronman, qaysi biriga ishonish kerak? Men kabi yuzlab, minglab odamlar test topshirishyapti. Bu testlar qay darajada o‘zini oqlayapti?”, – savol qo‘ydi biz bilan suhbatda jurnalist.
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi

13:54 / 18.09.2024