Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 23 fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Çamanzor qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi Ş.E.ning turar joyida öğrilik yuz bergan. Soat 19:00dan 21:00gaça bölgan vaqt oraliğida uyda heç kim yöqligi, xonadon derazasi oçiqligidan foydalangan öğri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million söm pulni olib ketgan.

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyat jabrlanuvçining mahalladoşi M.B. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Undan 351 ming söm hujjatlaştirib olingan.

Tergovga qadar suriştiruv davomida ayblanuvçining yana bir jinoyati foş qilingani aytiladi. 

Qayd etilişiça, u 2001 yilning 1 oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, piçoq bilan qörqitiş yöli bilan maktab öquvçisini zörlagan. Söngra birovga aytsa, öldiriş bilan tahdid qilgan.

Uşbu şaxs jinoyatini yaşiriş maqsadida qizning kiyim-keçagini öz yaşaş joyidagi hojatxonaga taşlab yuborgan. 

Mazkur holat böyiça ham jinoyat işi qözğatildi, deyiladi ma'lumotda.