«Gazprombank» va «VEB.RF» O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishga 618 mln dollar ajratilishi masalasini ko‘rib chiqadi
«Gazprombank», «VEB.RF», Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi O‘zbekiston Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va «O‘ztransgaz» AJ bilan ko‘p tomonlama shartnoma imzoladi. Unda O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun 618 million dollargacha bo‘lgan hajmdagi kreditni taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Foto: Getty Images
Tomonlar davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki loyihani moliyalashtirish asosida bitim tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Kredit summasining kamida 50 foizi «VEB.RF» va Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi talablariga muvofiq Rossiya mahsulotlari hamda xizmatlarini yetkazib berish uchun to‘lov sifatida sarflanadi.
«Gazprombank» 2017 yildan buyon O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtiradi va ushbu shartnoma o‘zbek kompaniyalari bilan sheriklik aloqalarining davomidir. Hujjat tashqi savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga va xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga yetkazib berishni rag‘batlantirish va Rossiya eksportchilarining raqobatbardosh mavqeyini mustahkamlash bo‘yicha Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi bilan samarali hamkorlikning natijasi bo‘ldi», dedi «Gazprombank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari Aleksey Belous.
«VEB.RF» Rossiya mahsulotlarini O‘zbekistonning neft va gaz sohasida ilgari surish uchun sharoit yaratmoqda - sindikatlangan kreditning kamida 50 foizi Rossiya mahsuloti va xizmatlarini eksportga yetkazib berish uchun to‘lovlarga sarflanadi», dedi «VEB.RF» boshqaruvi a'zosi Daniil Algulyan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

14:11 / 14.06.2025
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025