Farmonga asosan, ichki ishlar organlari xodimlarini axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash faoliyati bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizim joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
- ichki ishlar organlari tuzilmalarida axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari tashkil etiladi;
- ichki ishlar organlari tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish va ularga shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi;
- xizmat xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish va ruhiy tushkunlik holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan yakka tartibda axloqiy-ruhiy ishlashning zamonaviy metodlari tatbiq etiladi;
- xodimlarning psixologik portretini majburiy hisobga olish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va shahodatlash komissiyalarida mutaxassis-psixologlarning roli oshiriladi.
Bundan oldin, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatiga ularning samaradorligini oshirish va ortiqcha xizmat yuklamasini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etilishi xabar qilingandi.











