Vazirlik xabariga köra, Özbekiston innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va «Skolkovo» jamğarmasi raisi Arkadiy Dvorkoviç örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar natijasida tomonlar hamkorlikda startap loyihalar tanlovlarini ötkazişga kelişib oldi.
 
«Skolkovo» jamğarmasining startap loyihalarni vençur moliyalaştirişdagi tajribasini inobatga olgan holda, Ibrohim Abdurahmonov jamğarmani «UzVC» milliy vençur fondiga boşqaruv kompaniyasi tanlovida iştirok etişga taklif qildi. 

Şuningdek, tomonlar Innovatsion rivojlaniş vazirligiga «Skolkovo» jamğarmasi tomonidan vençur moliyalaştiriş böyiça maslahatçi lavozimini joriy etiş masalasini ham muhokama qildi. 

«Skolkovo» texnoparki tajribasidan kelib çiqqan holda, Özbekistonda innovatsion texnoparklarni takomillaştiriş, axborot texnologiyalari sohasida startaplarning rivojlanişi uçun maqbul ekotizimni yaratiş borasida fikrlar almaşildi.

Uçraşuvda tomonlar Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Yoşlar akademiyasi a'zolari va yoş startapçilar uçun «Softlending» dasturini davom ettirişga kelişib oldi. Şuningdek, jamğarma bilan hamkorlikda ötkazilişi rejalaştirilgan va ötgan yili pandemiya tufayli ötkazilmagan «Startap tur»ni joriy yil kuz oylarida taşkil etiş ma'qul deb topildi.