2020 yil may oyida Sardoba suv ombori töğoni buzilib ketişi oqibatida yuz bergan fojia Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi 70dan ortiq baliq xöjaligining 3,46 ming gektar sun'iy köllariga zarar yetkazgan, u yerdagi baliqlar nobud bölib, xöjaliklarning texnik qurilmalarini ham oqizib ketgan.

«Sirdaryobaliqsanoat» MÇJ direktori Öktam Rahmatillayevning ma'lumot berişiça, Sardoba suv toşqinidan zarar körgan fermer xöjaliklariga zararni qoplaş böyiça boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev boşçiligida ötgan yiğilişdan söng, şu yil 27 yanvar kuni viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev yiğiliş ötkazgan. Unda tuzilgan bayonnomada baliqçilarga yetgan zararni qoplab beriş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi orqali Moliya vazirligiga taklif kiritiş masalasi qöyilgan.

Öktam Rahmatillayev mahalliy budjetda bunday miqdorda pul yöqligi uçun viloyat moliya boşqarmasi Moliya vazirligiga taklif kiritganini va mart oyi oxiriga qadar pullar tölab berilişi kutilayotganini bildirgandi.

Şuningdek, u agar pullar tölab berilmasa bu yil 3,5 ming gektar sun'iy köllar tiklanmay, 30 ming tonna baliq yetiştirilmay qolişini aytgan edi.

Bugun aprel oyining 6-kuni. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan aytilgan muddat (mart oyining oxiri)dan şunça kun ötdi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, uşbu masala yuzasidan hokimlik zimmasida biror iş qolmagan. Viloyat hokimligi 16 mart kuni baliq xöjaliklari va boşqa fermer xöjaliklariga yetkazilgan zararni qoplab beriş yuzasidan töğridan töğri mablağ ajratiş yoki uning manbasini körsatişni sörab Moliya vazirligiga xat çiqargan. Lekin vazirlik şu kunga qadar uşbu xatga javob bermagan.

Moliya vazirligi matbuot xizmati viloyat hokimligining xati ularga yetib kelgani hamda uşbu masala vazirlik tomonidan örganilayotganini ma'lum qildi.

Mart oyi oxirida tölovlar tölab berilişi haqidagi va'da ham xuddi avvalgilari kabi yolğon bölib çiqqanidan norozi bölgan baliq xöjaliklarining rahbarlari viloyat rahbarlaridan umidini uzib, 5 aprel kuni Toşkentgaça kelişdi.